Shartnomaviy harbiy xizmat shartlari o’zgarmoqda

Shartnomaviy harbiy xizmat shartlari o’zgarmoqda

Oʻzbekistonda shartnoma asosida muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlov shartlari oʻzgartirildi

Endi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional yoki oliy maʼlumotga ega quyidagi shaxslar saralashda ishtirok etishi mumkin:

🔸18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan shaxslar;
🔸muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan 40 yoshgacha boʻlgan shaxslar;
🔸rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha boʻlgan ofitserlar.

Respublika va xalqaro sport musobaqalari gʻoliblari imtiyozli tarzda 3 yil davomida (ilgari 5 yil) shartnoma xizmatiga kirishlari mumkin.