Temir yo’l stansiyasi rahbari pora bilan tushdi

Temir yo’l stansiyasi rahbari pora bilan tushdi

“Temiryoʻlinfratuzilma” AJning Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Dashtobod stansiyasi boshligʻi ixtisoslashmagan doʻkonlarda boshqa tovarlar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi MCHJ tomonidan Tojikiston hududidan Oʻzbekistonga olib kelinadigan koʻmir mahsuloti ortilgan 100 ta yuk vagonlarini oʻzining tanishlari orqali bojxona koʻrigidan navbatsiz oʻtkazib berish, stansiyada yukni tushirish jarayonida vagonlar belgilangan vaqtdan ortiq turib qolgan taqdirda temir yoʻl jarimasini qoʻllamaslik hamda yuk belgilangan vaqtda tushirib olinganligi boʻyicha hujjatni rasmiylashtirib berish evaziga MCHJ vakilidan har bir vagon uchun 100 AQSH dollaridan jami 10 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda stansiya boshligʻi 40 ta vagon uchun 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.