Oʻqituvchi endi UzAutoʻning eng arzon modelini sotib olish uchun 140 oy ishlashi kerak
UzAuto Motors Onix va Tracker uchun shartnomalar qabul qilishni vaqtinchalik toʻxtatgani haqida xabar berilgandi.
Ayni paytda UzAuto Motors taklif qilayotgan eng arzon avtomobil 419 mln soʻmlik Malibu-2 boʻlib turibdi.
2023-yil mart oyi yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonda oliy taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, texnik va professional taʼlim hamda maktabgacha taʼlimdagi barcha oʻqituvchilarning oʻrtacha oyligi 3 mln soʻmni tashkil qilgan.
Bundan kelib chiqadiki, oddiy oʻqituvchi bir yilda oʻrtacha 36 mln soʻm daromad oladi.
U UzAuto Motors davlat kompaniyasi hozirda taklif qilayotgan eng arzon avtomobilni sotib olish uchun oʻrtacha 140 oy yoki 11,6 yil ishlashi kerak.