O‘zbekiston Rossiyaga g‘alabani qo‘sh-qo‘llab bervordi
12-noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida O‘zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuv o‘ta shiddatli, gollarga boy va kutilmagan burilishlarga to‘la tarzda kechdi. Uchrashuvni mezbonlar — O‘zbekiston terma jamoasi juda yaxshi boshladi. O‘yinning 5-daqiqasidayoq rossiyaliklar himoyachisi Viktor Melyoxin to‘pni o‘z darvozasiga kiritib yubordi va...
