Dori vositalarini qabul qilish vaqti qanchalik muhim?

Dori vositalarini qabul qilish vaqti qanchalik muhim?

Dori vositalarini qabul qilish vaqti qanchalik muhim?

Muattar Xoʻjayeva, farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent:

💊 — Maʼlumki, dori preparatlari taʼsir etish xususiyatiga koʻra turli vaqtlarda ichiladi. Bu haqda yoʻriqnomada aniq koʻrsatma beriladi. Masalan:

🍱 taomlanayotganda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilovchi preparatlarni qabul qilish mumkin;

⏰ ovqatlanib boʻlgach, yarim soatdan soʻng bosh ogʻrigʻiga qarshi ogʻriqsizlantiruvchi, peshob haydovchi, isitma tushiruvchi, yurak faoliyati uchun glikozidlar, shamollash va yalligʻlanishga qarshi hamda antibakterial taʼsirga ega dorilar ichiladi;

🕰 taomlanishdan oldin ichiladigan turlari belgilangan soatiga koʻra: tanovuldan 1 soat avval — probiotiklar; yarim soat oldin — antatsid guruhiga mansub preparatlar, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi uchun moʻljallangan dorilar; taomlanishdan 30-40 daqiqa ilgari — diareyaga qarshi preparatlar, kalsiy, tetratsiklin guruhiga oid dori vositalarini qabul qilish mumkin.

🚫 Achchiq va til tagiga tashlab ichiladigan dorilarni esa och qoringa qabul qilib boʻlmaydi.

✅ Agar preparat yoʻriqnomasida qabul qilish vaqti koʻrsatilmagan boʻlsa, uni kunning istalgan qismida ichishingiz mumkin. Bunda ovqatdan avvalgi 30-40 daqiqa eng maqbul muddatdir