⚡️Bugun Toshkent vaqti bilan poytaxtimizda soat 08:46 da 3,2 magnitudali zilzila sodir bo’ldi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, epitsentr: Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani. Zilzila koordinatalari: 41,94 gradus shimoliy kenglik; 70,29 gradus sharqiy uzunlik. Zilzila epitsentri Toshkentdan 117 km shimoliy-sharqda.