Suratda: dotsent O.Mustafoyev birinchi o’qituvchisi N.Qodirovga to'n kiydirmoqda
Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyatlardan biri bo’lib, bu borada mamlakatimizda har yili yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat e’tibordadir.
9-may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar hotirasi yod etiladi. Hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 8-may kuni, Paxtachi tumani 9-umumta’lim maktabida, xotira tadbiri bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir shu maktabning sobiq o’quvchisi Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti konchilik fakulteti, kon elektro mexanika kafedrasi dotsenti Oybek Mustafoyev tomonidan tashkil etildi.
Suratda: Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti konchilik fakulteti, kon elektro mexanika kafedrasi dotsenti Oybek Mustafoyev
— Yoshlarga ilm ziyo ulashish maqsadida, o’zim o’qigan maktabga keldim — davom etdi O.Mustafoyev — bundan maqsad yoshlarni yanada bilimga bo’lgan qiziqishlarini ortirishdir. Mana maktabimiz tashkil bo’lganiga ham bir necha yildan oshdi. Shu maktabning sobiq o’quvchisi sifatida ustozlarimizga o’z minnatdorligimni bildirmoqchiman.
Suratda: dotsent O.Mustafoyev ota-onasi B.Mustafoyev, Ch.Boltayevalar bilan
O.Mustafoyev 1996-yilda ilk bor shu maktabga qadam qo’ygan. Bugun u maktabda unga ta’lim bergan bir qator ustozlari, jumladan, birinchi o’qituvchisi N.Qodirov, yuqori sinf o’qituvchisi S.Qo’ziyeva, fizika fani ustozi T.Umarovlarga hamda otasi va fizika ustozi (maktabning hozirdagi direktori) B.Mustafoyev, onasi Ch.Boltayevaga minnatdorlik sovg’alari berdi.
Jarayondan maxsus reportajimizni tomosha qiling:
Tadbirga barcha nuroniy onaxon-otaxonlar jam bo’lishib o’tganlar xotirlandi.. So’ng maktab o’quvchilari tomonidan sahna ko’rinishlari ijro etildi.
Madina Erkinova, tayyorladi.
Foto va video muallif: Jamolbek Salomov