Paxtachidagi portlash yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berildi

Paxtachidagi portlash yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berildi

Bugun Muhim24 ning Telegram sahifasi orqali Paxtachi tumani «Yangiobod» mahallasidagi Paxtachi tuman Hududgaz korxonasi hududida sodir boʻlgan portlash haqida xabar bergan edik.

Voqea tunggi soat 21:25 lar atrofida boshlanadi.

Holat yuzasidan FVV rasmiy maʼlumot berdi.

Unga koʻra, Voqea joyiga 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borib, yongʻinni soat 22:30 qurshab olgan va soat 23:00 da bartaraf etgan.

Yongʻin natijada gaz quyish shaxobchasi hududida boʻlgan 3 ta “ISUZU” rusumli avtomashina va ularda sigʻimi 50 litrli suyultirilgan uglevodorod gazlari boʻlgan ballonlar yonib zararlangan.

Hodisa shaxobchadagi “MAN” rusumli suyultirilgan gaz tashuvchi avtomashinadan gazni zahira sigʻimiga boʻshatish jaryonida texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi oqibatida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra hodisa oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga FVV, IIB, SSB va tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.

Jamolbek SALOMOV tayyorladi