Voyaga yetmagan qiz bilan yashagan koʻp xotinli erkakka 4 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinlandi

Voyaga yetmagan qiz bilan yashagan koʻp xotinli erkakka 4 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinlandi

Voyaga yetmagan qiz bilan yashagan koʻp xotinli erkakka 4 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinlashdi

Qarshi shahrida 2002-yilda tugʻilgan Toʻychiyev Alvaro ismli erkak yashaydi. 2019-yilning dekabr oyida, 18 yoshga toʻlishiga bir necha hafta qolganda u 15 yoshli qizga birga yashashni taklif qiladi. Qiz rozi boʻladi va ular birga yashay boshlaydi. Yigit 17, qiz 15 yoshda edi. Biroq, yigit bunga qanoat qilmasdan 2022-yil avgust oyida 19 yoshga toʻlib boʻlganda, uyiga yana 15 yoshli qizni olib keladi.

Bu holat qizlarga ham, ayblanuvchining onasiga ham maʼqul edi: sud majlisida onasi oʻgʻli avval bir, keyin ikkinchi qizni olib kelganini tasdiqladi. Bundan tashqari, birinchi “xotin” bola tugʻishga ham ulguradi. Sud jarayonida ikkala qiz ham erkakni himoya qilib, bir chiroyli katta oila boʻlib birga yashashga qarshi emasliklarini, ularda hammasi yaxshi ekanini, Toʻychiyevga eʼtirozlari yoʻqligini aytishadi. Eʼtibor bering, birorta “nikoh” qonunan roʻyxatga olinmagan.

2023-yilning 26-aprel kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Qarshi sudining sudya Sh.Nurmatov raisligida ochiq sud majlisida Toʻychiyev Jinoyat kodeksining 126-moddasi “Koʻpxotinlilik” va ushbu moddaning 3-qismida nazarda tutilgan yoshga toʻlmagan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud unga 4 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.