Bunday shartnomani O‘zbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston va Turkiya geografik jamiyatlari vakillari imzoladilar.
Yangi uyushmaning shtab-kvartirasi Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, birinchi rahbar etib O‘zbek geografiya jamiyati rahbari Oybek Norinboyev saylandi. O‘zbekistonning raisligi uch yil davom etadi.
Yangi uyushmaning maqsadlari
– turkiyzabon tadqiqot institutlari va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish
– mintaqa tarixiy va madaniy merosini birgalikda o‘rganish
— ekologik kun tartibi va xalq diplomatiyasi
Geografik kengashni tashkil etish “QazaqGeography” jamoat birlashmasi tashabbusi bilan chiqqnligi aytilmoqda.