Bugun Qoraqalpogʻiston sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudlanuvchilar Amanbay Sagidullayev (1967-yilda tugʻilgan) va Niyetbay Urazbayev (1969-yilda tugʻilgan) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqishni yakunlab, hukmni eʼlon qildi.
Sudlanuvchilar Oʻzbekistonda emasligi, ularni olib kelish imkoni yoʻqligi bois sud eshituvi ularning ishtirokisiz oʻtdi.
Sagidullayev prezidentga tajovuz qilish, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish va boshqa moddalar boʻyicha aybdor deb topildi va unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Urazbayev esa JKning 159, 244, 244-1-moddalari bilan aybdor deb topilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.