COVID-19 haqida o’zbek filmi ishlanmoqda

COVID-19 haqida o’zbek filmi ishlanmoqda
foto: Sputnik AA

10 may kuni Toshkent viloyatida “Epidemiya” filmining suratga olish ishlari boshlandi. Film real voqealarga asoslangan. Unda pandemiya davrida odamlar hayoti uchun kurashgan shifokorlarning mashaqqatli mehnati namoyish etiladi.

“Koronavirus oddiy odamlarga ham, ularni davolagan shifokorlarga ham katta zarar yetkazdi. Men frontda askardek mehnat qilgan shifokorlarni ko‘rdim va ularning mehnati, matonati haqida katta film suratga olishga qaror qildim. Shuning uchun biz ijodiy guruh tuzib, loyihani yo‘lga qo‘ydik”, dedi Sputnik muxbiriga film g‘oyasi muallifi va prodyuseri Abror Nabiev.

Film loyihasining byudjeti deyarli yarim million dollarni tashkil etmoqda. Suratga olish ishlari avvallari koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolagan shifoxonada bo‘lib o‘tadi.

«Biz loyihani 145 kun ichida yakunlashni rejalashtirmoqdamiz. U 150 ga yaqin ommaviy sahna va epizodlarni o‘z ichiga oladi. Film oktabr oyi oxirida chiqishi rejalashtirilgan», – deya qo‘shimcha qildi prodyuser.