2040-yilga borib Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlarida suv taqchilligi 2,8 baravarga oshadi – YEOTB
“Mintaqada harorat oʻrtacha global koʻrsatkichdan koʻproq koʻtariladi. Bu muzliklarning tez erishi, choʻllanish, yerlarning shoʻrlanishiga olib kelishi mumkin”, deydi YEOTB raisi Nikolay Podguzov Olmaotadagi forumda.
MO davlatlari suv resurslarini birgalikda va oqilona boshqarishi kerak boʻladi. Suvni tejovchi texnologiyalar suvdan foydalanish samaradorligini 2 barobar oshirishi mumkin.
YEOTB aʼzo mamlakatlarning suv, energetika va kommunal infratuzilmasiga 8,4 mlrd $ sarmoya kiritmoqda.