Gʻarb Rossiyaning YEOII va MDHdagi ittifoqchilariga bosim oʻtkazyapti
RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga koʻra, Rossiya ittifoqchilari iqtisodiy oqibatlarga olib keladigan hech nima qilmaslikka urinyapti.
“Ular ikki oʻt orasida qolyapti. Iqtisodiy aloqalarning asosiy ulushi Rossiya Federatsiyasi, YEOII, MDH mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Ammo Markaziy Osiyo va Kavkazorti iqtisodiyotida Gʻarbning ulushi ortib bormoqda. Gʻarb “oltin togʻlar”ni vaʼda qilib, beadablik bilan ulardan oʻz manfaatlariga zid qadamlar qoʻymaslikni talab qilmoqda”, deydi u.