Xabaringiz bor, kecha, 2023-yilning 17-may kuni «Muhim24.uz» saytining Telegram sahifasi orqali @muhim24uz_aloqaBOT aloqa botiga aholi murojaati bo’yicha taniqdiy material e’lon qilingan edi.
Unda murojaatchining Paxtachi tumani markazi Ziyovuddin shaharchasidagi «»Anhor» kafesidan BO’SMga o’tishdagi kanaldan o’tuvchi piyodalar ko’prigi ancha ayanchli ahvolga tushib qolgan»ligi va ushbu muammoga «Mutasaddilarimiz bunga e’tibor qaratish»lari so’ralgan edi. Murojaat aloqa botimizga kelib tushgach, darhol «Muhim24» jurnalistlari tomonidan uning haqqoniyligi o’rganildi va u o’z isbotini topgach, Telegram sahifamizda e’lon qilindi.
Ushbu post shu kunning o’zida tegishli mutasaddilar o’rtasida muhokama etilib, o’rganildi. 18-may kuni ertalabdan uni hal etishda amaliy ishlar olib borildi.
Murojaatku, tezkorlik bilan ijobiy yechilish choralari ko’rildi, ammo ushbu piyodalar ko’prigi kapital tamirlash darajasiga ham yetib kelganigi bor gap. Bugungi ta’mirlash esa muammoni to’liq hal etolmaydi.
Bu borada «Muhim24.uz» muxbiri Paxtachi tuman Obodonlashtirish bo’limi rahbari Akmal SHERMATOV bilan suhbatda bo’ldi. rahbarning ta’kidlashicha, ushbu ta’mirlash bu vaqtinchalik, ya’ni ko’prikning o’tazuvchanligini uzilib qolmasligi uchun. bu ko’prik yangisiga va zamonaviy, talab darajasida almashtirilishi rejalashtirilmoqda. Yangi ko’prikning qurilish ishlari joriy yilning to’rtinchi choragi yakunigacha ko’prik qurish bo’yicha, mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilishi aytib o’tildi.