18 may – Xalqaro muzeylar kuni. 1977-yildan boshlab har yili 18-mayda dunyodagi 150 ga yaqin davlatda Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi. Bu haqda 1977-yilda Moskva va Leningrad shaharlarida o‘tkazilgan ICOM (International Council of Museums – Xalqaro muzeylar kengashi)ning XI konferensiyasida qaror qilingan. Xo’sh, bu bayram paxtachiliklar orasida qanday kutib olinmoqda?
Ijodiy jamoamiz bilan biz ham tumanimiz tarixidan so’zlovchi muzeyga sayohat qildik.
Paxtachi tuman tarixi muzeyi. Paxtachi tuman tarix muzeyi tuman miqiyosida, fondida saqlanayotgan muzey ashyolarining o‘ziga xos ahamiyati jihatdan yirik madaniy-maʼrifiy muassasalardan biri hisoblanadi. U 1970-yilda dastlab 22-maktabda tarix oʻlkashunoslik muzeyi boʻlib tashkil topgan va uning asoschisi asli xorazmlik Sobir Eshniyozov hisoblanadi.
Muzeyda hozirgi kungacha eksponatlar 785dan ortiq, Dabusiyadan topilgan ashyolar 2 172 donani tashkil etadi.
Bu yerdagi ekspozitsiyalar Ziyovuddin vohasi Buxoro Amirligi tasarrufida, Ziyovuddin bekligida chorizmga qarshi kurashlari haqida so’zlaydi.
Bugungi kunda tuman tarixi muzeyida oltita ekspozitsiyalar bo’limi tashkil etilgan. Zarafshon vohasi tabiati, Ziyovuddin vohasi qadimgi davlatlari va o’rta asrlar davri, Zarafshon vohasining ibtidoiy madaniyati va Dobusqal’a shahri hamda mustaqilikkdan so’ng bo’lgan o’zgarishlar, Mustaqillik davri haqidagi hamda O’lka xalqlarining doimiy yashash tarzi va xalq amaliy san’ati kabilar bo’limlar sirasiga kiradi. Ayni damda muzey rahbari Ozoda Xujamurodova bo’lib, muzeyda ishchi-xodimlar 9 nafar faoliyat olib boradi.
Madina Erkinova, Jamolbek Salomov “Muhim24.uz” uchun maxsus reportaj