Rossiyalik bloger Ilya Varlamov O‘zbekiston poyezdidagi sharoitni tanqid qilganidan so‘ng poyezd xodimlari jazolandi.
Bloger Ilya Varlamov O‘zbekiston poyezdidagi sharoitni tanqid qilganidan so‘ng poyezd xodimlari jazolandi
Rossiya Adliya vazirligi tomonidan “xorijiy agent” deb e’lon qilingan rossiyalik jurnalist va bloger Ilya Varlamov Samarqanddan Toshkentga qatnaydigan poyezddagi sharoitni tanqid qilib chiqqandi. Bu haqda u o‘zining Facebook’ dagi sahifasida videolavha joylashtirgan. Holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, bloger joriy yilning 18-fevral kuni 11-sonli “Sharq” “Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdining “Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan. U poyezddagi sharoitlarni ko‘zdan kechirib, sharoit to‘langan pulga arzimasligini, u joylashgan poyezd kupesidagi jihozlar chang va kir holatda bo‘lganini aytib o’tgan. Shuningdek, u kupe oynasiga skotch yopishtirilganini, yostiq jildlari toza emasligini tanqid qilgan.