Rossiyada O’zbekiston fuqarosi qo’lga olindi

Rossiyada O’zbekiston fuqarosi qo’lga olindi

Rossiyada O’zbekiston fuqarosi qo’lga olindi

Joriy yilning 21-may kuni Rossiyaning Sankt-Peterburgidagi Primorskiy tumanida qidiruvda bo‘lgan 58 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda 78.ru sayti xabar bermoqda.

Qo‘lga olingan shaxs ko‘chmas mulk bilan bog‘liq firibgarlikda ayblanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ayol 21 may kuni kechki soat yettilarda Kolomyajskiy prospektidagi  17-uyda to‘xtatilgan. U 2020-yil avgust oyida do‘stining kvartirasini aldov yo‘li bilan 3500 AQSh dollarga sotib, pulni o‘z foydasiga o‘zlashtirib yuborgani uchun davlatlararo qidiruvda bo‘lgan. Ayblanuvchi 8 may kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruvga berilgan bo’lgan.