Oʼzbekiston va Tojikiston bir-birining aerodromlaridan foydalanishi mumkin boʼladi

Oʼzbekiston va Tojikiston bir-birining aerodromlaridan foydalanishi mumkin boʼladi

Oʼzbekiston va Tojikiston bir-birining aerodromlaridan foydalanishi mumkin boʼladi

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tojikiston bilan fors-major holatlari yuzaga kelganda davlat aviatsiyasining havo hududi va aerodromlaridan oʼzaro foydalanishi toʼgʼrisidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qildi.

Hujjat 2021 yil 10 iyunь kuni Dushanbe shahrida imzolangan. Unga koʼra, har ikki tomon ham kutilmagan holatlar tufayli havo hududini qisqa muddatli kesib oʼtish uchun ruxsat soʼrashga haqli.

Oʼzbekiston Qonunchilik palatasi kelishuvni 2023 yil fevralida qabul qilgan, Senat may oyi boshida maʼqullagan.