«Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga koʻra, tuman hokimi M.Xamdamovning Paxtachi tuman hokimligi majlislar zalida 26-may kuni soat 11:00 da deputatlar Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtadi.
Unda quyidagi masalalar muhokama etilishi rejalashtirilmoqda:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand
okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar tavsiya etish to‘g‘risida;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq mahalla
infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari;
– tuman Ichki Ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Axmedov Vaxob Oydinovochning tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2023-yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti;
– tuman hokimining 2023-yil 10-maydagi “Xodimni boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 117-7-102-Q/23-son qarorini tasdiqlash haqida;
– tuman hokimining 2023-yil 2-maydagi “Mehnat shartnomasini bekor
qilish to‘g‘risida”gi 106-7-102-Q/23-son qarorini tasdiqlash haqida;
– boshqa masalalar.