Keyingi yildan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng tegishli umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar bermoqda.
Xabarda quyidagicha mezonlar haqida so’z yuritilgan:
✔️ 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi;
✔️ 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi;
✔️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:
“Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” maktablarini tashkil qilinadi;
✔️2024-yil 1-apreldan boshlab:
“Barkamol avlod” bolalar maktablari a’zolarining IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.