Britaniya parlamenti 1932-1933-yillarda Ukrainadagi Golodomor voqeasini genotsid deb tan oldi. Britaniya parlamenti Jamoatchilik palatasi deputatlari 1932-1933-yillarda Ukrainadagi ocharchilikni ukrain xalqining genotsidi sifatida tan olish haqidagi qarorni bir ovozdan qoʼllab-quvvatladi.
1932-33 yillardagi, asosan Sovet hukumati tomonidan ataylab uyushtirilgan ocharchilik natijasida millionlab (taxminan 8 million) ukrainaliklar halok boʼlgan. Ovoz berish Konservativ deputat Polin Letxem tashabbusi bilan oʼtkazilgan.
«30-yillarda Stalin, bugungi Putin kabi, ukrain xalqini va ukrain oʼziga xosligini yoʼq qilmoqchi edi” – deydi deputat Polin Letxem.
Ukraina uzoq yillar davomida dunyo davlatlaridan 1930-yillar boshidagi ocharchilikni ukrainaliklarning genotsidi sifatida tan olinishini soʼrab kelmoqda.