25 may kuni soat 14.00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola
“Zarafshon” daryosiga cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketishgan. Bu haqda Bosh prokurorning matbuot kotibi
Xayot Shamsutdinov o‘zining telegramdagi rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgan.
Shuningdek, qolgan 2 nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilmoqda. Hozirda marhumning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.