Buxoroda er rashk sabab xotinin pichoqlab o‘ldirdi, onasiga jarohat yetkazdi.
28 may kuni soat 17:30 larda 31 yoshli Sh.X. o‘zidan bir yoshga katta turmush o‘rtog‘i, G.X. bilan rashk tufayli o‘zaro tortishib, janjal qilgan. Janjal paytida er oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining tanasining turli sohalariga (ko‘krak, bo‘yin, qo‘l) bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Shuningdek, ajratish maqsadida harakat qilgan gumonlanuvchining onasi O.X. ham o‘ng bilak sohasidan jarohat olib kasalxonaga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan 28 may kuni shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.