Oʼzbekiston musulmonlari idorasi juma kuni munosabati bilan tabriklar yuborish taqiqlanmaganini bildirgan.
“Juma tabrigi”, “Qurʼoni karim oyatlari”, “Paygʼambar alayhissalom hadislari”, yurtimiz ulamolari va imom-domlalarining mavʼizalarini tarqatish mumkin emas, degan mazmundagi asossiz xabarlar tarqalmoqda. Shuningdek, rasmiy diniy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotlarni mutolaa qilish yoki ulashish javobgarlikka sabab boʼlishi haqida ham vahima uygʼotuvchi yolgʼon xabarlar keng muhokamalarga sabab boʼlmoqda”, — deyilgan munosabatda.
Аytilishicha, Oʼzbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlari, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi maʼlumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin. Jumladan, juma tabriklarini ham tarqatishga ruxsat etilgan, bularga hech qanday taʼqib yoʼq.