Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli umumiy o’rta ta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida 31-may kuni tuman hokimligining Madaniyat markazida bugungi kundagi OTMlar va xorijiy OTMlariga kirish uchun yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar to’g’risida yig’ilish o’tkazildi. Unda bo’lim boshlig’i A.Nosirov so’zga chiqib, bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarini 1367 nafar o’quvchilar bitirayotganligi, shundan 82 nafari oltin medal, 11 nafari kumush medal bilan 119 nafari xorijiy tillarni bilish bo’yicha xalqaro va xorijiy til sertifikatlarni qo’lga kiritganligi va bu OTM ga kirish imtihonlarida fan yo’nalishi bo’yicha test blogidan maksimal ball berishi to’g’risida aytib o’tdi.
Shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi va «Hayot yo’li education» o’quv markazi o’rtasida imzolangan memorandumga asosan o’tkazilgan olimpiada imtihon testlarida eng yuqori ballarni qo’lga kiritgan o’quvchilarning Rossiya federatsiyasidagi top beshta OTM lariga muddatidan oldin talabalikni qo’lga kiritgan paxtachilik bitiruvchilarga maxsus sertifikatlarning ham topshirish marosimi o’tkazildi. Bu borada hamkor o’quv markazi rahbari, Kimyo fanlari nomzodi, dotsent ustoz G’ayrat Haydarov biz bilan suhbat davomida quyidagicha so’z yuritdi.
— Ta’kidlash joizki, Paxtachi tumanida 150 dan ortiq o’quvchilar Rossiya Federatsiyasining 5 ta OTM da grand asosida o’qish imkoniyatini qo’lga kiritgan — dedi G’. Haydarov. — bugun esa aynan shu ta’lim dargohlarining mas’ullari bilan onlayn suhbat o’tkazildi. Unda o’quvchilar va ularning ota-onalari bevosita o’zlarini qiziqtirgan savollariga joyida javob olishdilar.
Yig’ilish davomida Novosibirsk davlat universiteti va Kemerovo davlat universitetlarining ma’sul xodimlari hamda qabul komissiyasi rahbarlari tadbir ishtirokchilariga universitetdagi ta’lim tizimi, talabalarga yaratib beriladigan qulaylik va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Zulfinoy Yusupova
O’zJOKU 2-bosqich talabasi, amaliyotchi.