Paxtachining mentalchi bolalari Respublikada yetakchilar qatorida!

Paxtachining mentalchi bolalari Respublikada yetakchilar qatorida!

O’quvchi yoshlarning mantiqiy ijodiy fikrlash xotiralarini rivojlantirish va matematika faniga qiziqishlarini oshirish maqsadida mental arifmetika dasturi yurtimizda keng rivojlandi. Paxtachi tumanida ham bu dasturga yoshlarning kundan-kunga qiziqishlari ortib bormoqda.

Kichik yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan ushbu dastur yoshlarni nafaqat bilim balki diqqatini jamlab, fikrlashini ham oshirmoqda. Paxtachilik, bolakaylar, viloyatlar aro bo’lib o’tayotgan turli xil musobaqalarda ishtirok etishib, faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda. Biz bolalarning o’quv dargohiga borib o’zlari bilan bir qatorda ustozlari bilan ham tanishdik.

Paxtachi tumani yoshlar markazida joy olgan “Kamalakdagi bolakay” deb nomlanuvchi o’quv markazida bolalar uchun, rus tili, mental arifmetika, boshlang’ich sinfga tayyorlov, matematika hamda ingliz tili fanlaridan sifatli ta’lim tarbiya berilmoqda. O’quv markazda, Hilola Qahharova, Aziza Qahharova, Ismigul Xayrullayeva, Jayrona Raxmatullayeva kabi ustozlar o’z yo’nalishlari bo’yicha dars o’tishadi.

Ko’plab yoshlar orasidan, Farida Zokirova, Quvonchbek Barnoyev, Ibrohim Ergashev, Behro’z Ibragimov, Boburbek Bobomurodov va Behro’zjon Xidirov kabi 7-8-9 yoshdagi bolajonlar bilan suhbatlashdik. Ularning orzu va maqsadlari bir olam bo’lib, turli kasb egalari bo’lishni maqsad qilgan. Kichkintoylar, yaqinda Buxoro viloyatida tashkil etilgan mental arifmetika Respublika ochiq olimpiadasida ishtirok etishib, oliy, 1-2- o’rinlarni qo’lga kiritib keyingi bosqichlar uchun yo’llanmalar olishgan. “Yulduzchalar” bilan suhbatlashib qaytar ekanmiz, ularning kelajagi buyuk insonlar bo’lishiga ishonchimiz komil.

Shahnoza Rahmatova, «Muhim24.uz» sayti jamoatchi muxbiri