FIFA jahon chempionati U-20: Urugvay jahon chempioni!

FIFA jahon chempionati U-20: Urugvay jahon chempioni!

Urugvay terma jamoasi futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida Italiya terma jamoasini mag‘lub etib, ilk bor ushbu kubok sohibiga aylandi.

Argentinaning La-Plata shahrida o’tkazilgan final uchrashuvi 1:0 hisobida yakunlandi. Yagona gol o‘yinning 86-daqiqasida Lusiano Rodriges tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, Urugvay terma jamoasi tarixda ilk bor yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibiga aylandi. 1997 va 2013-yillarda Lotin Amerikasi terma jamoasi turnir vitse-chempioni, 1979-yilda esa bronza medali sohibiga aylangandi.

3-oʻrin uchun bahsda esa, Isroil Janubiy Koreya ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.