Xorazm viloyatida Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi Xalqaro kimyo olimpiadasi boshlandi.
Xivaga 15 davlatdan 130 nafar maktab o‘quvchilari keldi. Jumladan, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston va Turkiyadan.
O‘zbekiston sharafini 16 nafar talabalardan iborat jamoa himoya qilmoqda.
Ishtirokchilar bilimi 7 nafar xalqaro hakam tomonidan baholanadi.
Shuningdek, olimpiada doirasida faxriy mehmonlar, kimyo professor-o‘qituvchilari va yosh olimlar tomonidan mahorat saboqlari o‘tkaziladi.
Olimpiada 11-17 iyun kunlari boʻlib oʻtadi.