Farg’onada ayol tan narxi 2.800.000 soʻmlik “Redmi A10” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqida Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Xabarda keltirilishicha, 2023 yilning 3 iyun kuni nomaʼlum shaxs Taxtakoʻprik mahallaci hududida joylashgan shifoxonadagi muolaja xonasida qarovsiz qoldirilgan, O.O. ismli ayolga tegishli, “Redmi A10” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.M. ismli ayol sodir etgani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.