Joriy yilning 13-iyun kuni Paxtachi tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari va 7-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida maxsus haftalik doirasida tadbir o’tkazildi. Unda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablari hamda mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot tadbiri amalga oshirildi.
Xususan, tadbir davomida Paxtachi tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsultlari A.Patayev hamda B.Qazoqovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan yangi normalar hamda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi me’yorlari yuzasidan tadbir ishtirokchilariga atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, DMTT xodimlari yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksida xodimlarga ta’til berish tartibi, mehnat shartnomasini rasmiylashtirishdagi talablar hamda boshqa muammoli holatlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Paxtachi tuman bo’limi xabar berdi