Jomboyda ayol qayni akasi tomonidan kaltaklandi. Janjalga qoramolning ekin yeriga tushib ketgani sabab boʼlgan.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida yashovchi ayolning kaltaklangani boʼyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Munosabatda taʼkidlanishicha, dastlabki maʼlumotga koʼra, 1982 yilda tugʼilgan ayol M.Ravshanova va turmush oʼrtogʼining akasi А.Ravshanov oʼrtasida oʼzaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Fermer xoʼjaligi ishchisi boʼlgan А.Ravshanov fermer xoʼjaligi ekin maydoniga qoramoli tushgani uchun M.Ravshanovaga tan jarohati yetkazgan.
Аyni vaqtda bemorning salomatligi, huquqiy himoyasi doimiy nazoratda. Tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Аyol shu yilning 30 may kuni yuz va qoʼl-oyoq sohasidagi jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan boʼlib, ayni vaqtda ahvoli nisbatan qoniqarli. Shifokorlar tomonidan barcha zarur tibbiy yordamlar koʼrsatilmoqda. Boshqarma boshligʼi Z.Raxmanova hamda mutaxassislar ishtirokida ayolga huquqiy va psixologik koʼmak berilgan.