Ular Bangladesh fuqarolarini Qirg‘izistondan O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan.
3-iyun kuni qo’shni Qirg’iziston Qora-Suv viloyatining Qum chegara hududida davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan to‘rt nafar Bangladesh Respublikasi fuqarosi va O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Ularga davlatlar chegarasidan noqonuniy o’tish aybi qo’yilgan. Yana bir O‘zbekiston fuqarosi bo’lgan 29 yoshli M.N.R. vositachilik qilgani uchun hibsga olingan.
Hozirda ularga nisbatan Qirg’iz davlat organlari tomonidan ish qo’zg’atilib, tergov ishlari davom etmoqda.