⚡️Qirg’izistonda avtobus haydovchisi politsiya xodimlariga bo’ysinmadi. Unga chora ko’rildimi? Avtobus haydovchisi patrulchilarga bo‘ysunmay, ulardan birini urib yuborishiga sal qoldi. Ushbu voqea videosi 21-iyun kuni e’lon qilingan. Sputnik Qirg’izistonning yozishicha, hodisa Bishkekdagi O‘sh bozori yaqinida yuz bergan. 41 yoshli haydovchi 20 500 som (234 dollar) miqdorida jarimaga tortilgan.