Telegram orqali o‘zining so‘nggi video tiradida Prigojin o‘tgan yilning fevralida Rossiyaning Ukrainadagi urushini boshlaganlikda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni ayblanmoqda. Bu haqda Stiv Rozenberg BBC.com saytidagi maqolasida yozmoqda.
Maqolada ta’kidlanishicha, Ukraina sharqida 2014-yilda Rossiya harbiy aralashuvidan so‘ng boshlangan janglar haqida gap ketgan va Prigojin shunday dedi:
“Biz ularga zarba berdik, ular esa bizga. 2014-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan sakkiz yil shunday davom etdi. To’qnashuvlar soni ko’payadi, ba’zan esa kamayadi.»
«2022-yil 24-fevralda u yerda hech qanday g‘ayrioddiy voqea sodir bo‘lmadi. Hozir Mudofaa vazirligi jamoatchilikni aldashga, prezidentni aldashga va butun NATO bloki bilan birgalikda Ukraina tomonidan qandaydir aqldan ozgan tajovuz bo‘lganligi haqida hikoya qilishga urinmoqda. – Ukraina bizga hujum qilishni rejalashtirayotgan edi.»
«Urush kerak edi… Shoygu marshal bo’lishi uchun, ikkinchi qahramon yulduziga ega bo’lishi uchun … urush Ukrainani qurolsizlantirish yoki denazifikatsiya qilish uchun emas, aslida. Bu qo’shimcha yulduz uchun kerak edi.»
Prigojin, shuningdek, urushda oligarxlarni ayblab, «bugungi kunda Rossiyani amalda boshqarayotgan klanni» qoraladi.
Yevgeniy Prigojin o’zi kim?
Evgeniy Viktorovich Prigojin – u rossiyalik tadbirkor, Rossiyaning «Konkord» kompaniyalar guruhi rahbari va egasi. bir vaqtning o’zida Prigojin «Vagner PMC» asoschisi ham hisoblanadi. Shuningdek, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinning do’stlaridan biri hisoblangan. Hozir Prigojin 62 yoshda. 1961-yil 1-iyunda Rossiyaning Sank-Piterburg viloyatida tug’ilgan. U asos solgan «Vagner PMC» kompaniyasi Afrika, Suriya, Ukraina va dunyoning boshqa mintaqalaridagi harbiy mojarolarda ishtirok etuvchi Rossiya hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan yollanma tuzilma hisoblanadi. Shuningdek, 2016 va 2018-yillarda AQSh saylovlariga aralashishda ayblangan kompaniyalarni nazorat qiladi (Internet tadqiqot agentligi va boshqalar).
Prigojin — «Putinning oshpazi»
Prigojinning operatsiyalari Rossiya Mudofaa vazirligi va GRU bilan chambarchas bog’liq. Rossiyadagi «Konkord» kompaniyasi davlatning eng yuqori mansabdor shaxslarini ovqatlantirish bilan shug’ullangan. Buning natijasida u ommaviy axborot vositalarida «Putin oshpazi» laqabini olgan. «Business Peterburg» nashri 2019 yilda «Milliarderlar reytingi»da E. V. Prigojinni 72-o’rinda ko’rsatgan va uning boyligini 14,6 milliard rublga baholadi. 2016 yilda u «City 812» nashri ma’lumotlariga ko’ra, Sankt-Peterburgdagi eng nufuzli 30 kishi ro’yxatiga kiritilgan.
Qo’yilayotgan o’ta og’ir ayblov biror natijani beradimi?
Mavzuga qaytamiz. Yevgeniy Prigojin bir vaqtda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni urushni boshlaganlikda aylayotgan vaqtda savol tug’iladi. Bugun u qo’yayotgan ayblov o’ta og’ir, ammo biror natija beradimi? savolga esa e’tiboringizni bir nechta xabarlarkan iqtiboslar orqali tushuntirishga harakat qilamiz.
Vagner guruhi va Rossiya harbiylari o’rtasida yangi janjal kelib chiqqandi. Yevgeniy Prigojin Rossiyaning Kiyev hujumga uringanida Donbasda Ukrainaga katta talofat yetkazganligi haqidagi da’volarini rad etgandi va o’z so’zlarida bu da’volar «shunchaki yovvoyi va absurd ilmiy fantastika» degandi. O’shanda «Vagner» guruhi va Rossiya harbiylari o’rtasida yangi janjal kelib chiqan, chunki guruhlar o’rtasida uzoq vaqtdan beri taranglik davom etayotgandi.
Xo’sh, eshitayotganmiz bu ayblov va qattiqqo‘l, g‘azablangan Prigojin to‘laqonli Kreml manfaatini ko’zlamoqdami? Agar shunday bo’lsa, uning Shoygu va oligarxlarning urushda ayblashi Putinni jamoatchilik tanqididan himoya qilish uchun mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Shu bilan birga Kremlga prezident yoki siyosiy tizimga zarar yetkazmasdan, rejadan tashqari mojarodan chiqish yo’lini taklif qilishi mumkin. Ammo Putin bu urush, ya’nikim 2022-yil 24-fevraldagi xalqqa murojaatida “maxsus harbiy operatsiya” deb atalmish Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishini boshlash uning qarori ekanligini aniq aytgan. Bu esa prezident oʻzi tayinlagan vazir tomonidan ayanchli tarzda aldanib qolgan, degan daʼvo yuqoridagi prezident so’zlaridagi odamni yorqin aks ettirmaydi.
Yevgeniy Prigojinning g’azabi Kreml bilan kelishilmaganmi?
Agar bu ayblov e’tiborga tushsa «Qiyomatli» Prigojin Kreml xabarlariga putur yetkazish orqali qayiqni va Rossiyaning siyosiy tizimini larzaga solishi mumkin. Sababi o‘tgan haftadagi Rossiya prezidenti Putin Ukrainani “demilitarizatsiya” va “de-nazifikatsiya” zarurligini takrorlagan. Prigojinning so’nggi izohlari esa bu dalilga zid ko’rinadi.
Bu voqelik va «Prigojinning g’azabi» borasida xulosalar hozircha mavhum qolmoqda. Balki bunga Vladimir Putinning tez orada televideniye orqali murojaat qilishi javob qaytarar?!