Ukrainada nasha qonuniylashritilishi mumkin

Ukrainada nasha qonuniylashritilishi mumkin

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Rada majlisida kannabis asosidagi giyohvand moddalarni qonuniylashtirishni taklif qildi.

Unga ko‘ra, Ukraina hozirgi qiyinchiliklardan qutilish uchun dunyo mamlakatlari sinovidan o‘tgan rivojlanish yo‘llarini har qanaqasiga o‘zida qo‘llab ko‘rishi kerak.

“Barcha ilg‘or jahon amaliyotlari, barcha eng samarali siyosatlar, barcha yechimlar, ular bizga qanchalik qiyin yoki g‘ayrioddiy tuyulmasin, Ukrainada qo‘llanilishi kerak. Shundagina bizning barcha fuqarolarimiz – ukrainalik erkak va ayollar qiyinchiliklarsiz yashaydi”, deydi Zelenskiy.

Shuningdek, u qurolli to‘qnashuvlar, havo hujumlari, yadro qurolidan foydalanish haqida tarqalayotgan xabarlar hamda jonli yo‘qotishlar oqibatida aholi ongida hosil bo‘lgan stress va travmalarda yordam berish maqsadida nasha asosidagi dori-darmonlarni qonuniylashtirishni taklif qildi.

“Biz nasha asosidagi dori-darmonlarni buni talab qilgan har bir kishi uchun halollik yo‘li bilan qonuniylashtirishimiz kerak”, deydi Ukraina Prezidenti.

Zelenskiy farmatsevtika sohasida tegishli ilmiy izlanishlar olib borish zarurligi va barcha turdagi dori vositalari Ukrainada ishlab chiqarilishi kerakligini qo‘shimcha qildi.