FIFA reytingida Oʻzbekiston bu gal qaysi pogʻonada?

FIFA reytingida Oʻzbekiston bu gal qaysi pogʻonada?

FIFA rasmiy saytida terma jamoalarning yangi reytingi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi yangilangan reytingda 74-o‘rinda. Osiyodan Yaponiya yetakchi (20), keyin esa Eron (22).

Yangilangan reytingda katta o‘zgarishlar yo‘q. Angliya va Xorvatiya bittadan pog‘ona yuqoriladi.

Peshqadamlar Argentina, Fransiya va Braziliya. AQSH terma jamoasi ancha yuqorida, 11-o‘rinni band etgan.