Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kelini o‘zgalar mulkini o‘zlashtirganlikda ayblanib, 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Gulmira Satibaldi issiqlik tarmoqlarini qurish bo‘yicha davlat tenderida ishtirok etgan va mavjud bo‘lmagan obyektlarni yetkazib berish bo‘yicha soxta hujjatlar qabul qilgan kompaniyaga yordam bergan.
Sud qamoq jazosidan tashqari, mahkumga 10 yil davomida tijorat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarini egallashni taqiqladi.