Rossiya milliarderlarini yo‘qotmoqdami?
2023-yilda Rossiyaning eng boy milliarderlari reytingida 57-o‘rinni egallab turgan 61 yoshli Igor Makarov Rossiya fuqaroligidan voz kechdi, deb yozadi “RIA Novosti” Forbes’ga tayanib.
Makarov Itera gaz kompaniyasi asoschisi va Areti energetika kompaniyasi rahbari. Hozir u Kipr Respublikasi fuqarosi.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Makarovning boyligi 2,2 milliard dollarni tashkil etadi.O‘tgan yili u Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.