Germaniya vokzalida tunayotgan oʻzbeklar: vaziyat mazoratga olindimi?

Germaniya vokzalida tunayotgan oʻzbeklar: vaziyat mazoratga olindimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda  Germaniyaga “Work and Travel” dasturi boʻyicha kelgan, ish bilan bogʻliq muammolar va yetarli moliyaviy resurslar yoʻqligi sababli temir yoʻl vokzalida tunayotgan bir guruh oʻzbekistonliklar aks etgan video tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan O’zbekistonning Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasi rasmiy munosabat berdi.

Xabarga keltirilishicha, Oʻzbekistonning “Turon World konsalting” kompaniyasi holat boʻyicha maʼlumot bergan va unga koʻra, ushbu tashkilot 98 nafar O’zbekiston fuqarolarini “Work and Travel” dasturi boʻyicha Germaniyaga mavsumiy ishlarga joʻnatgan.

Oʻzbek diplomatlari “Humo” o‘zbek-nemis madaniy jamiyati faollari bilan birgalikda voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan va o’zbekistonlik vatandoshlar bilan hamkorlikda 35 nafar  O‘zbekiston fuqarolariga ushbu hududda vaqtincha yashashlari uchun zarur yordam ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi va Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga olganliklarini bildirdi.

Vakolatli organlar bilan hamkorlikda mazkur muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.