“Kompromatuzb” Telegram-kanali bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan Oliy sud matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Human.uz sayti asoschisi va sobiq direktori Xurshid Daliyev, jurnalist va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatining sobiq rahbari Mavjuda Mirzayeva, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati sobiq matbuot kotibi Siyovush Hoshimov va fuqaro Axmadullo Ahmadjonovga nisbatan bir qancha moddalar bo‘yicha ayblov e’lon qilindi.
Unga ko’ra:
Xurshid Daliyevga 139-modda 2-qismi (tuhmat), 165-modda 3-qismi “a” bandi bilan (tovlamachilik), 184-modda 3-qismi (soliq yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) va 243-modda (jinoyat yo‘li bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish) bilan. faoliyat)
Siyovush Hoshimovga 139-modda 2-qismi (tuhmat), 165-modda 3-qismi “a” bandi (tovlamachilik) va 243-modda (jinoyatchilikdan olingan daromadlarni qonuniylashtirish) bilan.
Axmadullo Ahmadjonovga — 139-moddaning 2-qismi (tuhmat) va 165-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan (tovlamachilik)
Mavjuda Mirzayevaga – 165-modda 2-qismining “a”, “b”, “v” bandlari bo‘yicha (tovlamachilik).
Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 19 nafar jabrlanuvchi va 10 nafar fuqaroviy da’vogar mavjud bo‘lib, jinoyat oqibatida ularga jami 5 138 000 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan, deyiladi rasmiy munosabatda.
Shuningdek, Oliy sud matbuot xizmati Jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlanishi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishini keltirib o’tgan. Norasmiy manbalarga ko’ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi kelasi haftada ushbu ishni ko‘rib chiqishni rejalashtirayotganligi aytilgan.