Suv, transportga mas’ul rahbarlar, 12 nafar hokim ishdan ketdi

Suv, transportga mas’ul rahbarlar, 12 nafar hokim ishdan ketdi

Kecha, 11-iyul kuni prezident investitsiya bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan va unda bir qator hokimlar, amaldorlar ishdan olingan.

Xususan, investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun:

▪️Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari B.Kamalov;
▪️Transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov;
▪️“O‘zsuvta’minot” raisi S.Saifnazarov;
▪️“O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari X.Xosilov;
▪️“Avtoyo‘l” qo‘mitasi rahbari A.Abduvaliyev lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi I.Haydarov, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi B.Jo‘rayev, “O‘zsanoatqurilishbank” raisi S.Annaklichevga hayfsan berilgan.

Bundan tashqari, Amudaryo, Qo‘rg‘ontepa, Buxoro, Mirishkor, Chiroqchi, Xatirchi, Payariq, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Navoiy va Yangiyo‘l shaharlari hokimlari ishdan olingan.

Ular investitsiya ko‘rsatkichlari pastligi, investitsiya muhiti qoniqarsizligi sabab bo‘shatilgan. Bosh prokuratura va Hisob palatasi ushbu hokimlar faoliyatini o‘rganib chiqadi.

Shuning bilan birga, yana 12 nafar hokimlar ham ishdan olingan.  Prezident videoselektorda Amudaryo, Qo‘rg‘ontepa, Buxoro, Mirishkor, Chiroqchi, Xatirchi, Payariq, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Navoiy va Yangiyo‘l shaharlarida tegishli ko‘rsatkichlar pastligi, investitsiya muhiti qoniqarsizligini tanqid qilgan va ularni ishdan olgan.