Ona-bola jayronni o’ldirgan navoiylikka jarima qo’llandi

Ona-bola jayronni o’ldirgan navoiylikka jarima qo’llandi

Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan ona-bola jayronni oʻldirgan erkak aniqlandi.

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari viloyat IIB YHXB hamda Ekopatrul xodimlari bilan hamkorlikda 9 iyul kuni oʻtkazgan nazorat reyd tadbirida ov miltigʻida otilgan Qizil kitobga kiritilgan ona-bola jayron borligi aniqlangan.

Tadbir davomida Navbahor tumani hududida fuqaro Q.Sh. boshqaruvidagi “Niva” rusumli avtomashina tekshirildi. Natijada mashina yukxonasida 2 dona otilgan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ona-bola jayron topilgan.

Tekshiruv-surishtiruv ishlari davomida jayronlar Samarqand viloyati, Narpay tumani, Boltali qishlog‘ida yashovchi fuqarolar Q.Sh va Q.F. larga tegishli ov qurollari yordamida noqonuniy ovlangani maʼlum bo‘ldi. Holat yuzasidan tegishli dalolatnomalar tuzilib, tabiatga 33 million soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi. Q.Sh. boshqaruvidagi avtomashina jarima maydonchasiga qoʻyilgan va ov qurollari saqlash uchun Navoiy viloyat IIBga yuborilgan. Prokuraturaga yuborish uchun kerakli hujjatlar toʻplanmoqda.