Bog’ibalandda yo’llar obod bo’ldi. Maktab-chi?

Bog’ibalandda yo’llar obod bo’ldi. Maktab-chi?

Paxtachi tumani “Jahonobod” mahallasi “Bog’ibaland” qishlog’i. Bu yerda 192 ta xo’jalik bo’lib jami 787 nafar aholi istiqomat qiladi. Mana 30 yildan oshibdiki, bu qishloq endi o’zgarishlarga yuz tuta boshladi. Oldingi yillarda katta qishloq aholisini suv, yo’l va maktab muammolari qiynab kelayotgan edi.
Bugun esa ular o’z yechimini topa boshlamoqda. Qishloqda hozirda beshta ko’cha mavjud bo’lib, ular ichki qishloq yo’li hisoblanadi. Qishda loy, bolalarning maktabga borishlarida muammo bo’lardi. Hozirda qishloqning 1950 kilometr masofasida tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan asfaltlash ishlari olib borilayotganligiga guvoh bo’ldik.


— “Jahonobod” mahallasining Bog’ibaland qishlog’i obod mahalla-obod qishloq dasturiga kiritilgan bo’lib ushbu qishloqda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan qishloqning ikkita ichki yo’llarida asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda. Undan tashqari qishloqning beshinchi ko’chasiga eski simyog’ochlar o’rniga yangilari o’rnatildi. Kelgusida ham qishloqning qolgan ichki yo’llari to’liq ta’mirlanib borilishi rejalashtirilmoqda, – deydi Mahalla raisi Sa’dulla Himmatov.

— Bizning qishlog’imizga 33 yil deganda asfalt keldi, – deydi mahalla fuqarosi Matluba Suyunova. – Ichimlik suvi ham har bir xonadonga o’tkazilgan. Endi bizda yana bir muammolardan biri bu – maktab masalasi. Agar shu ham hal etilsa aholi uchun yaxshi bo’ladi. Biz esa o’zgarishlardan minnatdormiz.

VIDEO REPORTAJIMIZNI HAM TOMOSHA QILING: 

Tumandagi 24-umumta’lim maktabining filiali ham ushbu qishloqda joylashgan bo’lib, maktabda boshlang’ich 4 yillik ta’lim beriladi. Kelgusida maktabni ham kengaytirish reja qilingan. Bu yerda birgina suv va yo’l muammosi emas balki qishloq bolalarining M-37 avtomobil yo’lida maktabga borib kelishida ham qiyinchiliklar tug’dirardi. Hatto bu holat bir qator ko’ngilsiz voqealarga ham sabab bo’layotgan edi. Hozirda esa bu masala ham o’z yechimini topib qishloqdan maktabga o’tuvchi qismida svetafor va piyodalar yo’lagi tashkil etildi.

Madina Erkinova, Jamolbek Salomov
Muhim24.uz uchun tayyorlandi.