Vazirmisiz, hokimmisiz, sizning haqqingiz yo’q

Vazirmisiz, hokimmisiz, sizning haqqingiz yo’q

Davlat tilini rivojlantirish departamenti o’zbek millatining bugungi o’z tiliga nisbatan yo’l qo’yayotgan kamchiliklari haqida quyidagicha fikrlarni qoldirmoqda:

Eʼtibor bering!

⚠️ Dunyoda ikki xil yozuvdan foydalanadigan davlat yoʻq!

⚠️ Dunyoda oʻz tili uchun kurashib, tili, millati rivoji uchun ulkan hissa qoʻshib qatagʻon boʻlgan jadidlari bor boʻlgan, lekin oʻsha jadidlarni unutgan xalq yoki davlat yoʻq!

⚠️Dunyodagi keng foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlar oʻz dasturiga oʻzbek tilini (lotin yozuvida) yuklagan bir davrda oʻsha tarmoqda oʻzga tilda (oʻzbek boʻla turib) yoki kirill yozuvida maʼlumot joylaydigan xalq yoʻq!

⚠️Dunyoda oʻz tili ulkan tarixga ega va gʻoʻzal boʻla turib, BEKATni «astanovka» deb ataydigan bizdek xalq yoʻq!

⚠️Dunyoda oʻzga tilda mukammal soʻzlashadigan insonni qadrlab, oʻz tilida adabiycha mukammal soʻzlagan insonni ustidan kuladigan millat yoʻq!

⚠️Dunyoda nutqida asosan rus soʻzlaridan foydalanib, kamiga doʻkon, ovqatlanish joylari, bino nomlarini inglizcha nomlaydiganlar yoʻq!

Departament yuqoridagi fikrlarni bildirar ekan, Balki, vaqti kelgandir, tilimizga va yozuvimizga eʼtiborli boʻlishga, deya shunday qo’shimchani ham qoldirmoqda

⁉️ Vazirmisiz, rahbarmisiz, shoir yoki hokimmisiz sizning haqqingiz yoʻq oʻzga tilda yoki kirill yozuvida maʼlumot talab qilishga.

Jamolbek Salomov sayt uchun tayyorladi