Koʻrish qobiliyatini uy sharoitida yaxshilash mumkinmi?

Koʻrish qobiliyatini uy sharoitida yaxshilash mumkinmi?

Inson organizmi murakkab va oʻz navbatida undan vaqtida eʼtiborli boʻlishni talab etadi. Shunday tanamiz aʼzolaridan biri bu — koʻzlarimiz. Bugun oramizda koʻpchilik insonlar ishi yoki oʻqishi yuzasidan komputer yoki telefon qarshisida uzoq vaqt oʻtirishga majbur boʻladi. Bu esa oʻz navbatida koʻrish qobiliyatiga taʼsir etmasdan qolmaydi. Bugungi maqolamizda esa siz uchun ko‘rish qobiliyatini yaxshilash borasida baʼzi tavsiyalarni berib oʻtmoqchimiz.

Bu borada koʻpchiligimiz shifokorga otlanamiz. Shifokorga borishdan yoki qimmatbaho ko‘zoynak sotib olishdan oldin, odatiy xalq usulidan foydalanishga harakat qilishingiz ham kerak.

Bunda esa quyidagicha tarkibli retseptni sinab koʻring:

– 3 ta quritilgan qalampirmunchoq,

– bir stakan iliq sut.

Tayyorlanishi va qo‘llanilishi:

3 ta quritilgan qalampirmunchoqni maydalab, bir stakan ozgina iliq sut quying va iching.

Ushbu ichimlikni ertalab bir yarim hafta davomida qo‘llang. 2 oydan keyin kursni takrorlang. Bu, albatta sizning koʻrish qobiliyatingizga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.