Sedana, arabchada shuniz, forschada “siyohdona”, ruschada chernushka posevnaya, lotinchada Nigella sativa deb ataladi. Sedana oʻlimdan boshqa barcha xastaliklarga shifo ekanligi haqida Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom tomonidan hadisi sharifda ham rivoyat qilingan.
Sharq xalqlari sedanadan oqilona foydalanib kelishgan. U koʻpincha kuyadori sifatida ham qoʻllanilgan.
1959 yilda, xalqaro universitetlarda 200 tadqiqot oʻtkazilib, qora sedana xususiyatlari toʻgʻrisidagi hayratlanarli xulosalardan iborat maqola va maʼurazalar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan. Shunday qilib, 1400 yil oldin Paygʻambar (sav) ning hadislari yana bir marta oʻz isbotini topgan.
1989 yil Pokistonda nashr etiladigan tibbiy jurnalda qora sedananing noyob, tengsiz xususiyatlari toʻgʻrisida maqola nashr etildi. 1992 yil Doxa (Bangladesh) universiteti meditsina departamentida qora sedananing antibakterial xususiyatlari beshta kuchli antibiotik: ampitsilin, tetraksilin, kotrimokzazol, gentamitsin va nalidiks kislota bilan taqqoslab tadqiqot oʻtkazildi, qoʻlga kiritilgan natijalar, shubhasiz, kishini hayratda qoldiradi, qora sedana yogʻi oʻzini koʻp bakteriyalardan meditsina preparatlariga qattiq qarshilik koʻrsatadigan (koʻpincha xom goʻshtda uchratiluvchi v. xolera, ye. koli) bakteriyalardan ham kuchli, ustun va faolligini koʻrsatdi. 1979 yilda doktor Agarval tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar qora sedana yogʻi bola emizuvchi onalar sutini sezilarli koʻpayishiga sabab boʻlishini koʻrsatdi.
Pazandalikda
Sedana oʻzbek pazandachiligida ham qoʻllaniladi, uni non ustiga sepiladi. Non, somsa va boshqa pishiriqlarga sepiladi. Bundan tashqari sedana ziravor sifatida ham ishlatiladi. Bodring, karam, tarvuzlarni tuzlashda undan foydalanish mumkin.
Tabobatda sedananing urugʻi va yogʻidan foydalaniladi.
Tarkibida tana uchun kerakli moddalar mujassam. Urugʻi tarkibida 38 % gidrokarbonat, 35 % turli yogʻlar, 21% albumin (turli oqsillar) bor. Qolgan 6 % esa yuzdan ortiq foydali moddalar mavjud.
Sedana yeb turishning foydalari
✅sedana yog‘i oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi;
✅me’da-ichak trakti, jigar kasalliklari, bavosirni oldini oladi, ularni davolaydi (Eslatib o‘tamiz: jigar kasalliklarini davolashda sedana yog‘i asalli suv, sharbat, kunjut yoki zaytun yog‘i bilan iste’mol qilinadi);
✅sovuqdan kelib chiqadigan juda ko‘p shamollash kasalliklarini davolaydi;
Sedana eng og‘ir surunkali kasalliklarga, jumladan o‘limga olib boruvchi saraton, hatto OITS kasalligiga shifo bo‘lishi tasdiqlangan.