«Tolibon» Rossiyadan nega viza tizimini soddalashtirishni soʻramoqda?

«Tolibon» Rossiyadan nega viza tizimini soddalashtirishni soʻramoqda?

“Tolibon” Rossiyadan afg‘onlarga viza berishni soddalashtirishni so‘radi.

“Tolibon” muvaqqat hukumati Tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaki Rossiyaning Qobuldagi elchisi Dmitriy Jirnovdan afg‘onlarga viza berishni soddalashtirishni so‘radi. Bu haqda “TOLOnews” Telegram-kanalida xabar berdi.

Qayd etilishicha, ular o‘rtasidagi uchrashuvda Amirxon Muttaki Jirnovdan afg‘on tadbirkorlariga viza berilishini osonlashtirishni so‘ragan.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Qobuldagi elchisi Dmitriy Jirnov Amirxon Muttakini Afg‘oniston bo‘yicha “Moskva formati”dagi bo‘lajak yig‘ilishga taklif qilgan.

Muttaki esa yig‘ilishni mintaqa davlatlari o‘rtasida muvofiqlashtirishni yo‘lga qo‘yish uchun muhim deb atagan.

Ma’lumot uchun, “Moskva formati” 2017 yilda Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish uchun yaratilgan. 2018 yilda “Tolibon” va o‘nta davlat – Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Eron, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston va Turkmaniston ishtirokida ilk bor bir muzokara bo‘lib o‘tgan.

Jamolbek Salomov tayyorladi