Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar vaqtida “Paxtachi dehqon bozori” ham koʻzdan kechiriladi. Ushbu MCHJda olib borilgan nazorat tadbirlari davomida uning rahbari G.A. va hisobchisi V.N. arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida sotuvga qoʻyilgan 102,9 mln soʻmlik oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotuvidan tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy Telegram sahifasida xabar berildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.