Bugun sizni qiziqtirgan oʼrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtillari haqida huquqiy tushuntirish bermoqchimiz.
Tashkilotlarda xodimlarga yangi mehnat kodeksi kuchga kirgandan soʼng yillik asosiy taʼtillarni berishda birqancha savollar tugʼilmoqda. Jumladan oʼrindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga ham.
Mehnat kodeksining 439-moddasiga asosan Oʼrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy taʼtillar, shuningdek oʼrindoshlar haqli boʼlgan qoʼshimcha mehnat taʼtillari asosiy ish joyidagi yillik mehnat taʼtili bilan bir vaqtda beriladi.
Аgar oʼrindoshlik asosida ishning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan boʼlsa, oʼrindoshlik asosida ishda yillik mehnat taʼtili uchun ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq toʼlanadi.
Birinchi ish yilida olti oy ishlagan oʼrindoshlarning yillik mehnat taʼtiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun yillik mehnat taʼtiliga oʼrindoshlik asosida ishning oʼrtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq toʼlanadi.
Аsosiy ish joyi boʼyicha yillik mehnat taʼtilining davomiyligi oʼrindoshlik asosidagi ishdagi mehnat taʼtilining davomiyligidan koʼp boʼlgan hollarda, ish beruvchi oʼrindoshning iltimosiga koʼra unga oʼrindoshlik asosidagi ishdagi yillik mehnat taʼtilidan tashqari asosiy ishidagi yillik mehnat taʼtili va oʼrindoshlik asosidagi ishning yillik mehnat taʼtili davomiyligi oʼrtasidagi farqni tashkil etuvchi kunlarga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil ham berishi shart.
Oʼrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʼgʼrisida NIZOMning 18-bandiga asosan Oʼrindoshlar oʼrindoshlik asosidagi ish joyi boʼyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tugʼish nafaqalari olish huquqiga egadir.
Demak oʼrindoshlarni mehnat taʼtili masalasida quyidagicha xulosa qilish mumkin.
1. Oʼrindoshlik asosida isholovchilar mehnat taʼtilini asosiy ish joyi bilan bir vaqtda oladilar.
2. Oʼrindoshlik asosida isholovchilar uchun ham taʼtil puli toʼlanishi kafolatlangan.
3. Аgar asosiy ish joyidagi taʼtil muddati uzinroq boʼlsa, mehnat taʼtili davomiyligi oʼrtasidagi farqni tashkil etuvchi kunlarga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil ham berishi shart.